Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga tushuntirildi

09.11.2022, 17:03

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga tushuntirildi

Prezidentimiz tomonidan yaqinda imzolangan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati turli tashkilotlar, muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari, oliy ta’lim dargohlarida targ‘ibot qilinmoqda.

Namangan shahridagi Turon xalqaro universitetida talaba-yoshlar ishtirokida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ishtirok etib, yoshlarga mazkur hujjatning mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi. Jumladan, bandlik, yakka tartibdagi mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta o‘qitish va malakasini oshirish, mehnat huquqlarini himoya qilish, nizolarni ko‘rib chiqish kabi normalar o‘z ifodasini topganligiga e’tiborni qaratdi.

Shuningdek, Kodeksda ijtimoiy va huquqiy himoyaga muhtoj ishchilar ayrim toifalari – ayollar va oilaviy majburiyatlarni bajarish bilan shug‘ullanadigan shaxslar, 18 yoshga to‘lmagan ishchilar, nogironlar, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar mehnatini tartibga solishning o‘ziga xos jihatlari ham izohlab berildi.

Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Suhbat yakunida “Taraqqiyot strategiyasi” nomli kitoblar jamlanmasi esdalik sovg‘a sifatida topshirildi.

Davra suhbatidan so‘ng partiya yetakchisi A. Xaitov mazkur universitetda talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan shat-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi.

  • Ko'rildi
    351
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+