Qonliko‘lda aholi bandligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

09.11.2022, 17:52

Qonliko‘lda aholi bandligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Qonliko‘l tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar bandligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktor o‘rinbosari D.Xamudullayevning hisoboti tinglandi.

Bugungi kunda Qonliko‘l tumanida 52 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib kelayotgan bo‘lsa, shundan mehnatga layoqatli yoshdagilar 26 mingdan ziyodni tashkil etadi. 

Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan aholini ish bilan ta’minlash maqsadida bugungi kunda 243 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. 

Joriy yilning 9 oyi davomida tuman hokimligi, Prokuratura, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 12 marta bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasida 257 tashkilotdan 461 bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashgan bo‘lsa, shundan 298 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi va 163 nafar fuqaroga esa maslahat va tavsiyalar berildi. 

Yig‘ilish davomida yuqoridagi masala bo‘yicha ishtirokchilar aholining bandligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlarni tahlil qilar ekan, o‘zlarining fikr va takliflarini ham bildirib o‘tdi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    192
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+