“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi davom etmoqda

09.11.2022, 18:58

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi davom etmoqda

Yurtimiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasiga start berilgach, Chortoq tumanidagi mahallalarda, fermer xo‘jaliklarida ham yashil makonlar tashkil etilayapti. Xususan, tumandagi “Ayqiron mirishkori” agro firmasi hududiga qarashli “Axrorxo‘ja Sojida” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov qatnashdi.

Mazkur seminar doirasida tuman bo‘ylab 17 ming donadan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga 10 ming tupdan ortiq hosildorligi yuqori bo‘lgan mevali ko‘chatlar beg‘araz tarqatildi.

"Yashil makon" aksiyasida tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ham faol ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, joriy yil kuz hamda keyingi yil bahor mavsumida “Yashil makon” loyihasi doirasida tumanda 1 million tupdan ziyod daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

  • Ko'rildi
    307
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+