Beton xalqalar ishlab chiqarayotgan quvalik tadbirkor faoliyati bilan tanishildi

10.11.2022, 15:53

Beton xalqalar ishlab chiqarayotgan quvalik tadbirkor faoliyati bilan tanishildi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Quva tumanida bo‘lib, bir qator korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Partiya yetakchisi uchrashuvlari davomida Quva tumanidagi “Osiyo biznes rivoji” MChJda bo‘lib, korxona ishchi-xodimlari bilan muloqot qildi. Hozirda mazkur korxona tomonidan beton xalqalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yerda 10 nafarga yaqin yoshlarning bandligi ta’minlangan.

- Beton xalqalardan yasalgan quduqlar tuproqning mavsumiy harakati natijasida yuzaga keladigan og‘ir gorizontal va vertikal yuklarni ko‘tara olishi, o‘rnatishning tez va qulayligi, kamxarajatligi bilan bir qator afzalliklarga ega. Tuproq bosimiga osongina bardosh berishi, mustahkam va chidamliligi bilan mahsulotimiz o‘z xaridorlarini topgan, - deydi MChJ vakili Olimjon Abdullajonov.

Mazkur beton xalqalardan yasalgan quduqlar, uning joylashgan joyiga qarab bir qator muhim vazifalarni bajarmoqda. Xususan, kanalizatsiya tizimidan uzoqda joylashgan joylarda oqova suvlarni turli element va zarralardan  tozalashga, suv tanqis bo‘lgan hududlarda ichimlik va sug‘orish ta’minotini yaxshilashga, quvurlarni tozalashga, shuningdek, aholi yashash joylarida o‘rnatilgan kanalizatsiya suvlarini tortishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv davomida partiya rahbari tomonidan mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatini va mahsulot turlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

  • Ko'rildi
    181
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+