Arnasoylik xotin-qizlar tomorqachilik sir-asrorlarini mahorat darsi orqali o‘rganishdi

10.11.2022, 16:04

Arnasoylik xotin-qizlar tomorqachilik sir-asrorlarini mahorat darsi orqali o‘rganishdi

O`zLiDeP Arnasoy tuman Kengashi tomonidan “Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori!”loyihasi doirasida, tumandagi “Oltin vodiy” QFYda istiqomat qiluvchi tajribali tomorqachi Dilorom Ayupova xonadonidagi issiqxonada  mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda partiya tuman Kengashi Ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputalik guruhi a’zosi Gulmira Zoidova, mahalla faollari, Yangibo‘ston mahallasidagi issiqxona tashkil qilish ishtiyoqida bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Dilorom Ayupova issiqxonada ishlash hadisini olgan tajribali tomorqachi. Issiqxonada pomidor va bodring, ko‘katlar yetishtirish yuzasidan boy tajribaga ega. Hozirda opa oila a’zolari bilan birga 3 sotix yerda  birlamchi bodring va pamidor, ikkilamchi shivit, sarimsoqpiyoz, kashnich va ko‘k piyozlarni ekish bilan shug‘ullanadi. Yil davomida 30-35 million so‘m atrofida daromad olinmoqda..

- Tumanimiz sharoiti boshqa hududlardan keskin farq qiladi. Ochig‘ini aytish kerak boshqalardan sal ko‘proq sa’y-harakat talab qilinadi. Biroq eng muhimi, yerga, ishingizga mehr berishingiz zarur, - deydi Dilorom opa. – Shu sabab, isssiqxona qurib, oilasi farovonligini ta’minlashni istagan kishi bu holatlarni albatta inobatga olishi kerak.

Mahorat darsi davomida tajribali tomorqachi, uning tajribasini o‘rganishga kelgan mahalla ayollariga, issiqxona tashkil qilishdan boshlab, u yerda ekin-tekin qilish, parvarishlash bo‘yicha yo‘nalishlar berdi. Issiqxonada ishlashning o‘ziga xos tomonlarini amalda ko‘rsatib o‘tdi.

Tadbirdan so‘ng issiqxona tashkil etish ishtiyoqini bildirgan ayollar ro‘yxati shakllantirilib, ularga deputat tomonidan partiyaviy vositalar orqali kerakli yordam ko‘rsatishga kelishib olindi.

Muborak Ibotova,

O`zLiDeP Arnasoy tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    786
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+