50 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari partiyaga kirish istagini bildirdi

10.11.2022, 16:06

50 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari partiyaga kirish istagini bildirdi

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan turli xil muassasalar, korxonalar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Partiya “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan tashkil etilgan ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan ayollar ishtirokidagi ochiq muloqot ham ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.

Tadbirda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i, xalq deputatlari shahar kengashi deputati Feruza Soliyeva, Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh xuquqshunosi Ra’no Hakimova, Viloyat hokimligi bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyat mudiri Nargiza Mavlonova, Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodimlari hamda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar..

Ochiq, samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida viloyatimizda xotin-qizlarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish, ularga ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlarida ko‘maklashish, Oliy ta’lim muassasalari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu vazifalarni ado etishda, partiyaviy vositalardan unumli foydalanish, shuningdek, sohada mehnat qilayotgan xodimlarning odob-ahloq qoidalariga amal qilishlarini ta’minlash va shu kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi.

Tadbirdan so‘ng partiyaga kirish istagini bildirgan 50 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarining arizalari shakllantirildi.

Saida Umaraliyeva,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    177
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+