Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ma’naviy sohadagi vazifalar muhokama qilindi

10.11.2022, 16:08

Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ma’naviy sohadagi vazifalar muhokama qilindi

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Toshkent shahar Kengashi va Toshkent Moliya instituti hamkorligida “Ma’naviyati yuksak tadbirkor – Yangi O’zbekiston bunyodkori!” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Partiya vakillari, deputatlar, universitetning professor o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etgan mazkur tadbir Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ma’naviy sohadagi vazifalarni bajarish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda Taraqqiyot strategiyasi – ma’naviy barkamol va tadbirkor yoshlarni tarbiyalash omili, “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”da tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida belgilangan ustuvor vazifalar hamda ularni samarali ijro etish mexanizmlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy budjetni to‘g‘ri shakllantirish va samarali ijro etilishini nazorat qilishning huquqiy mexanizmlari, Oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirda ta’kildlanganidek, halol, insofli, qonunlarga itoatkor, o‘zida yuksak insoniy fazilatlarni jamlagan tadbirkorgina yangi, mukammal jamiyat qurilishida tayanch bo‘lishi, boshqalarga namuna bo‘la oladi.  Shuningdek, keyingi olti yilda fuqarolarimizda tadbirkorlik tafakkuri uyg‘ongani, shuningdek, mazkur ijobiy o‘zgarish jadallashuviga turtki bergan  omillar – ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash, biznes muhitini yaxshilash borasidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni barchamiz amalda ko‘rib turibmiz. Shu bilan birga inson omilini faollashtirish jamiyatimizda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish omili ekanligi, mazkur jarayonda tafakkur va harakatning o‘zaro uyg‘unligi, tabiiy va ijtimoiy omillarning yaxlitligi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda tadbirkorlar faolligini oshirishning ahamiyati xususida tushunchalar berildi.

Ma’naviyati yuksak tadbirkorlar iqtisodiyotimizni o‘sishiga va yurtimizni  farovon bo‘lishiga tayanch bo‘ladi. Tadbir ishtirokchilari Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan Taraqqiyot strategiyasining ma’naviy rivojlanish maslalariga qaratilgan 5 ustuvor yo‘nalishiga doir maqsad va vazifalarni bajarish va bunda quyidagi maqsad va vazifalarga alohida ahamiyat qaratish zarurligi haqida fikrlashdilar:

Tadbir savol-javoblarga boy ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishganini aytib, ko‘plab taklif va mulohazalarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    234
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+