Partiya ishchi guruhi: davlat dasturining 287-bandi bajarilishi qoniqarlimi?

10.11.2022, 18:04

Partiya ishchi guruhi: davlat dasturining 287-bandi bajarilishi qoniqarlimi?

Yurtimizda shunday sanoat korxonalari ham borki,  ularning chiqindilari (tutun, chang, oqova suv va ish jarayonida hosil bo‘lgan boshqa zaharli suyuqliklar hamda qattiq shakldagi unsurlar) tabiatga xavf soladi.

Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid davlat dasturining oltinchi ustuvor  yo‘nalishida atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, insonlar salomatligini asrashga xizmat qiluvchi aniq chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, dasturning  287-bandida “Atrof-muhit monitoringi doirasida 685 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ifloslantiruvchi manbalaridan namunalar olish va ularni tahlil qilish” bayon qilingan. Bu yo‘nalishdagi ishlar holati qanday? Shu savolga javob topish uchun davlat dasturining oltinchi ustuvor  yo‘nalishi bo‘yicha partiyamiz faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari tashabbusi bilan kecha “Atrof-muhit musaffoligiga xavf soluvchi ob’ektlar monitoringi: natijalar va xulosalar”  mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Partiyamiz deputatlari va ishchi guruh a’zolari savollariga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutaxassislari Gulnora Xojabekova, Zuhra Djalilova, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimi Javohir Fayozov javob berdilar.

Ma’lum bo‘lishicha, davlat ekologiya qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘iga binoan davlat ekologik monitoringi o‘tkaziladigan ob’ektlar soni  790 taga yetkazildi. Shu yilning  9 oyi davomida 762 ta (2021 yilning xuddi shu davrida 591 ta korxonada ekologik nazorat amalga oshirilgan)  korxonaning 5 ming 368 ta (2021 yilning mos davrida 4 ming 995 ta) ifloslantiruvchi manbalarida monitoring amalga oshirildi. Natijada  284 ta ob’ektning 552 ta manbasida belgilangan me’yorlar buzilishi aniqlandi.

Monitoring natijalariga asosan xo‘jalik sub’ektlariga 16,66 mln. so‘m jarima solingan, shuningdek, tartibbuzar korxonalar hisobidan 12 mlrd 993,24 mln so‘m kompensatsiya to‘lanishi belgilangan.

Partiyamiz faollari, ishchi guruh a’zolari tegishli tashkilotlarning bu boradagi faoliyati qamrovi va samaradorligi tobora oshib borayotganini e’tirof etdilar.

Behzod Isroilov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimi,

ishchi guruh a’zosi

  • Ko'rildi
    232
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+