“Yashil makon" umummilliy loyihasi keng quloch yoymoqda
11.11.2022, 16:35

“Dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish aksiyasi respublika bo‘ylab keng quloch yoymoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov vodiy hududlarida uchrashuvlari davomida ushbu aksiya doirasidagi seminarlarda ishtirok etmoqda.
Aktam Xaitov Andijon tumanidagi “Qodir bobo” fermer xo‘jaligida bo‘lib, “Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida dala chetlariga tut va uzum ko‘chatlarini ekish jarayonida ishtirok etdi.
Ma’lumki, Andijon viloyatida 2022 yil kuz va 2023 yil bahor oylarida fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga 1 mln 64 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.
Joriy yil kuz oyida 446 ming tup ko‘chatlar ekilishi belgilangan bo‘lib, hozirda 352 ming tup yoki rejaga nisbatan 79 foiz ko‘chatlar fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga ekilib, ushbu targ‘ibot tadbirlari davom etitirlmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Oilaviy tadbirkorlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda
02.02.2023, 15:20
-
Davlat dasturining bajarilishi: Hisobot hisobot uchun bo‘lmadi
02.02.2023, 11:57
-
Sirdaryo tumanida yaqinda ish boshlagan yangi korxona faoliyati bilan tanishildi
27.01.2023, 19:38
-
O’zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari
27.01.2023, 18:52
-
Investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 12,7 mlrd dollarlik 12,6 mingta loyiha ishga tushirildi
27.01.2023, 18:26
Fikringizni qoldiring