Bo‘lajak tibbiyotchilar partiya safiga qo‘shildi

11.11.2022, 16:36

 Bo‘lajak tibbiyotchilar partiya safiga qo‘shildi

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Buxoro Davlat Tibbiyot instituti talaba yoshlari ishtirokida “Tibbiy ta’lim sohasidagi islohotlar samarasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Tadbirda O’zLiDeP viloyat va shahar Kengashlari mas’ul xodimlari, “Yoshlar qanoti” guruhi faollari, mahalliy Kengash deputatlari, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

 Dastlab tadbir ishtirokchilariga partiya Buxoro shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Jonibek Matniyozov tomonidan  “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Davra suhbati davomida mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularga berilayotgan imkoniyatlar, xususan, O’zLiDeP g‘oyasi, saylovoldi dasturining mohiyati, partiyaviy loyihalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek tadbirda yurtimizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyati, sohaga xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirish, tibbiy ta’lim sohasida joriy etilayotgan va amalga oshirilayotgan yangiliklar xususida batafsil fikr-mulohazalar yuritildi.

 Davra suhbatida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida hamda Strategiyaning 71-maqsadida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy vazifalar xususida ham fikr yuritildi. Milliy mafkura va g‘oyaning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi tahdidlar va ularni bartaraf etishda muhim vosita ekanligi, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini yosh avlod vakillari qalbi va ongiga singdirish xususida to‘xtalib o‘tildi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan davra suhbati ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir so‘ngida faol yoshlar va institutning professor-o‘qituvchilari partiya safiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari va partiya viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    290
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+