O`zLiDeP 19 yoshda: Partiya hududiy kengashlar, quyi bo‘g‘inlar faoliyati sarhisob qilinmoqda

11.11.2022, 16:38

O`zLiDeP 19 yoshda: Partiya hududiy kengashlar, quyi bo‘g‘inlar faoliyati sarhisob qilinmoqda

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topganining 19 yilligi oldidan Zafarobod tumanida “Xalq ishonchini qozongan partiya”, deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda xalq deputati viloyat va tuman Kengashlaridagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faxriylari va quyi bo‘g‘in  faollari ishtirok etdilar. Ayni paytda partiya tuman Kengashi tarkibida o‘z saflariga 6780 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan 57 ta BPT tashkil etilgan. Xalq deuptatlari  tuman Kengashida 10 nafar O`zLiDeP  deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib bormoqdalar.

 Tadbir davomida faxriy deputat va faollar o‘z ish tajribalari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdilar. Shuningdek, bugungi kunda partiya faollari, deputatlar oldida turgan dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, partiya faollarining tumanda amalga oshirilayotgan islohotlardagi jonbozligini oshirish, joylarda mavjud muammo va kamchiliklarni partiyaviy vositalar bilan bartaraf etishda deputatlar va BPT a’zolari o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish kabi masalalar yuzasidan asosli fikr o‘rtaga tashlandi.

Bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, kelgusi chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Sardor Abirqulov,

O`zLiDeP Zafarobod tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    161
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+