Mahalla aholisi murojaatlari deputat nazoratiga olindi

15.11.2022, 15:36

Mahalla aholisi murojaatlari deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashida 6 nafar O‘zLiDeP  deuptatlik guruhi a’zolari faoliyat olib boradi. Arnasoylik hammaslak deputatlar partiyaviy vositalar bilan aholini qiynab kelayotgan ko‘plab muammolarga yechim topib, ularning og‘irini yengil qilishga intilmoqdalar. Bu sa’y-harakatlarda deputatlar “mahallabay” ishlash, joylarda aholi bilan bevosita sayyor qabullar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratishmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gulmira Zoidova boshchiligidagi partiya faollari, hamkor tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh tumandagi “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, ularni qiynayotgan muammoli masalalarni o‘rgandilar. Ayni paytda mahallada 562 ta xonadon mavjud bo‘lib, ulardagi 803 ta oilada 3060 nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Mahaladagi 69 nafar ayol – va 6 nafar yoshlar mos ravishda ayollar va Yoshlar daftariga kiritilgan.

Muloqotlar davomida aholi tomonidan qilingan 10 ga yaqin murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida yechimini topgan bo‘lsa, vaqt talab qiladigan muammoli masalalar deputat nazoratiga olindi.

Muborak Ibotova,

O‘zLiDeP  Arnasoy tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    300
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+