Partiya quyi bo‘g‘inlarida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi

15.11.2022, 15:48

Partiya quyi bo‘g‘inlarida ijodiy uchrashuv  tashkil qilindi

O’zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi va Nurobod tuman Kengashi tashabbusi bilan Nurobod tumani Janubiy kon boshqarmasi qoshidagi partiya boshlang‘ich tashkilotida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Bugungi kunda Nurobod tumanida partiya boshlang‘ich tashkilotlari 78 tani tashkil etib, 5000 dan ortiq a’zolarni o‘z ichiga olgan.

Janubiy kon boshqarmasi qoshidagi partiya boshlang‘ich tashkiloti 2004 yilda tashkil topib, 60 nafar ishchi xodimlar a’zo bo‘lgan edi, bugungi kunga kelib mazkur quyi bo‘g‘inda O’zLiDeP a’zolari soni 235 nafarni tashkil etmoqda.

Tadbirni xalq deputatlari viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi a’zosi O’zLiDeP Nurobod tuman Kengashi raisi, Navoiy kon metalurgiya kombinati jamg‘armasi Davlat muassasasi “Nurobod” hududiy boshqarmasi direktori Anvar Murotov tadbirni ochib yig‘ilganlarni partiyaning 19 yilligi bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengash raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari Ilhom Botirov yurtimizda tadbirkorlar va ishbilarmonlarni siyosiy kuch sifatida birlashtirib, bugungi kunda ular bilan yanada jipslashishga, hamnafas bo‘lishga harakat qilib kelayotgan partiyaning 19 yillik shonli tarixida nafaqat viloyatdagi, balki Janubiy kon boshqarmasidagi partiya faollarining ham munosib hissasi borligi xususida fikr yuritdi va barcha qatnashchilarni bayram bilan qutladi.

Ijodiy uchrashuvda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Norqobil Jalilov, O’zbekiston televedeniyasi “Mahalla” telekanali bosh muharriri Ro‘ziboy Quldoshev, O’zbekiston telekanali “Kelin-kuyov” teleshousi muallifi va boshlovchisi, xonanda Soat Sharipovlar ishtirok etib, 19 yilligi keng nishonlanayotgan partiyaning xalqchil va insonparvar g‘oyalari hamda dasturiy maqsadlari xususida fikr yuritdilar.

Shuningdek, Janubiy kon boshqarmasida faoliyat yuritayotgan fidoyi va jonkuyar shifokorlarini kasb bayrami bilan tabriklab, el salomatligini muhofaza qilishdek, mashaqqatli ishlarida omadlar tiladi.

Tadbir tumandagi faol partiya a’zolarini taqdirlash jarayonlari va taniqli san’atkorlarning chiqishlari bilan davom etdi.

Tadbirda tuman hokimi Sirojiddin Berdiqulov ishtirok etdi.

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    379
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+