10 nafar hunarmand ayollar partiya safiga qo‘shildi
15.11.2022, 15:50

O’zLiDeP "Ayollar qanoti" hamda Sherobod tuman Kengashi vakillari tumandagi "Taroqli" mahallasida tadbir o‘tkazishdi. Unda shu mahallada faoliyat yuritayotgan gilamdo‘z, yakka tartibdagi tadbirkor Shoxida Hasanova hamda Gulmira Rahmonavalarning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Yakka tadbirkor Shoxida Hasanova asosan qo‘y juni va paxta tolasidan qo‘l mehnati asosida gilamlar to‘qiydi. Bugun mohir gilamdo‘zning shogirdlari talaygina. U mana shu hunarning orqasidan "Taroqli" mahallasida 35 ta ish o‘rni yaratgan.
Uchrashuvda xotin-qizlarga kooperatsiya usulida tadbirkorlik qilish, bepul o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha tushuncha berildi. Shu bilan birga, partiya maqsad-vazifalari targ‘ib qilindi. Tadbir nihoyasida 10 nafar hunarmand xotin-qiz partiyamiz a’zolari safiga qabul qilindi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘idir
02.02.2023, 15:40
-
Xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid ko‘nikmalari oshirildi
27.01.2023, 18:09
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
O’zLiDeP faoli 51 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minladi
25.01.2023, 15:51
-
“Ayollar qanoti” – chinakamiga qanot bo‘lyapti
13.01.2023, 11:40
Fikringizni qoldiring