Chilonzorlik faollarimiz “dolzarb 40 kunlik”da ko‘proq ko‘chat o‘tqazishga intilyapti

16.11.2022, 16:25

Chilonzorlik faollarimiz “dolzarb 40 kunlik”da ko‘proq ko‘chat o‘tqazishga intilyapti

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid davlat dasturining oltinchi ustuvor  yo‘nalishi bo‘yicha O’zLiDeP Toshkent shahar va tuman kengashlari faollari, shuningdek, mahalliy kengashlar deputatlaridan iboratdan iborat ishchi guruh “Yashil makon”  umummilliy loyihasining ro‘yobga chiqishiga muayyan hissa qo‘shyapti. Ayniqsa, shu oyda ishchi guruh a’zolari Prezidentimiz e’lon qilgan “dolzarb 40 kunlik”da imkon qadar ko‘proq ko‘chat o‘tqazishga intilib, ko‘pchilikka namuna ko‘rsatyaptilar.

 Kecha ishchi guruh tarkibiga kiruvchi faollarimiz – O`zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha  o‘rinbosari, partiya Chilonzor tuman Kengashi deputati Bahodir Ziyoviddinov, partiya tuman kengashi a’zosi, tadbirkor  Rizqillo Hikmatullayev tumandagi mahallalar raislari, yoshlar bilan birgalikda  tashkilot hududlari, ichki yo‘llar chetlariga  250 tup manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlarini o‘tqazdilar.

– Muhimi, nihollarni asrash, o‘g‘itlash, keyinchalik sug‘orishga mas’ullar tayinlandi, – deydi ishchi guruh a’zolaridan biri, partiya Chilonzor tuman kengashi apparati rahbari Abdunabi Muxrimov.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    191
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+