Kuchimiz bor, imkoniyatlarimiz katta

17.11.2022, 11:32

Kuchimiz bor, imkoniyatlarimiz katta

Partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini aholi orasida targ‘ib qilishda quyi bo‘g‘inlarning o‘rni katta. Boshlang‘ich tashkilotlar siyosiy kuchning tayanch nuqtasi hisoblanadi, boisiki, jo‘yali takliflar avvalo, ana shu bo‘g‘inlarda shakllanadi. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 80 mingdan ziyod safdoshlarimiz 1 027 ta BPTga birikkan holda faoliyat olib bormoqda.

Yangi O’zbekistonda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Sog‘lom va barkamol, vatanparvar yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish borasida keng ko‘lamli ishlar o‘z mevasini bera boshladi. Xalq orasiga chuqurroq kirib borish, odamlarning ahvolidan xabardor bo‘lish, ularning munosib hayot kechirishlari uchun to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy maqsadlaridan ekanini deputatlarimiz dildan his etgan holda aholi murojaatlariga partiyaviy vositalar orqali yechim topish va ijobiy hal etishga jiddiy e’tibor qaratishyapti.

Sag‘indiq TURMANOV,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va

nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+