Kasbilik maslakdoshlar ko‘chat ekishda faollik ko‘rsatishyapti
17.11.2022, 15:39

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida kasbilik partiya faollari va deputatlar faol ishtirok etmoqdalar. Bu xayrli ishda faol qatnashishni fuqarolik burchi deb bilgan maslakdoshlar hozirga qadar besh ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdi.
- Olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, 1 gektar maydondagi daraxtlar bir kecha kunduzda 220-275 kilogramm korbanad-angidrid gazini yutib, 180-135 kilogramm kislorod ajratar ekan, - deydi tumandagi 13-maktab direktori, O’zLiDeP tuman kengashi deputati Najim Boqiyev. - Bu miqdor o‘rtacha 500 kishini kun davomida kislorod bilan ta’minlashga yetadi. Daraxtlar, boshqa o‘simliklarning barglari va shoxlari yoz oylarida quyoshdan kelayotgan issiqlik quvvatining faqat 30 foizini pastga o‘tkazar ekan. Natijada yer ustida mo‘‘tadil harorat saqlanib turarkan. Ibn Sino hazratlari agar chang bo‘lmaganda, inson ming yil umr ko‘rardi deb aytgan ekanlar. Darhaqiqat, shunday. O’tgan yili vohamizda kuchli shamol bo‘lib, osmondan tuproq yog‘ildi. Dalalarda shu qadar to‘polon bo‘ldiki, bir metr naridagi odamni ko‘rib bo‘lmay qoldi. Ana shunda biz tuman hududi va dala chetlaridagi daraxtlar bizni himoyachilarimiz ekanligiga amin bo‘ldik.
Loyiha doirasida tumandagi fermer xo‘jaliklari dala chetlariga joriy yil yakuniga qadar 2 million dona archa, tut ko‘chatlari hamda tok va terak qalamchalari ekish rejalashtirilgan. Bozorlar to‘kisligi va tabiat musaffoligi hamda xo‘jaliklar daromadini ta’minlashga munosib hissa qo‘shish maqsadida ko‘proq tok, tut, bodom, behi, gilos daraxt ko‘chatlaridan o‘tqazishga alohida ahamiyat qaratilayotir.
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘idir
02.02.2023, 15:40
-
Arnasoyda amalga oshiralayotgan “Oqqo‘rg‘on tajribasi”da partiya faollari ham munosib hissa qo‘shmoqdalar
02.02.2023, 15:38
-
Oilaviy tadbirkorlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda
02.02.2023, 15:20
-
Yoshlar parlamentiga iste’dodli yoshlar saralanmoqda
02.02.2023, 15:19
-
Yoshlar parlamenti: bo‘lajak saylovlarga eng munosib nomzodlar saralanmoqda
02.02.2023, 12:01
Fikringizni qoldiring