Deputatlar maktab internati tarbiyalanuvchilariga saxovat ko‘rsatdi

17.11.2022, 15:41

Deputatlar maktab internati tarbiyalanuvchilariga saxovat ko‘rsatdi

Bugun deputatlarimiz o‘z saylov okruglarida aholi muammolarini o‘rganib, yechimini topishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ehtiyojman oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashda ham deputatlarning faolligini ko‘rish mumkin.

Partiyaning Nurota tuman Kengashi va Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tumandagi 42-umuta’lim maktabi qoshidagi maktab internatining tarbiyalanuvchilari holidan xabar olishdi. U yerda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi va 6 nafar tarbiyalanuvchilarga qishki kiyimlar taqdim etildi.

O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    258
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+