Yangi Mehnat kodeksi bilan xotin-qizlarning huquq va manfaatlari to‘liq ta’minlanadi
17.11.2022, 15:43

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi tashabbusi bilan mahallardagi faol xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Namangan shahar xokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilorom Abduraximova, shahar bandlikka ko‘maklashish markazi direktori M.Qosimov, shahar pensiya bo‘limi mutaxassislari, partiyaning Namangan shahar Kengashi apparat raxbari, deputat Soxiba Gapparova, partiya viloyat Kengashi ayollar qanoti bo‘limi mudiri Xusnida Iminjanovalar Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga kiritilgan ayrim yangi moddalar, xususan, xotin-qizlar mehnati bilan bog‘lik o‘zgarishlar, o‘zini-o‘zi band qilish, tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikni yulga kuyishdagi yangiliklar aqida atroflicha tushuncha berdilar.
Davra suhbati ishtirokchilarining savollariga mutasaddi tashkilot vakillari javob berishdi.
Suhbat yakunida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi targ‘ibotini mahallalarda izchil davom ettirishga kelishib olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning davlat va ijtimoiy hayotidagi roli oshiriladi
31.03.2023, 15:57
-
Avval – inson, keyin jamiyat va davlat
29.03.2023, 14:26
-
Uzunlik partiya faoli gulchilik faoliyati orqali 5 kishini ishli qildi
13.03.2023, 14:42
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir
07.03.2023, 17:44
Fikringizni qoldiring