O’zbekiston xorijiy investorlar uchun imkoniyatlar mamlakatiga aylanadi

17.11.2022, 18:23

O’zbekiston xorijiy investorlar uchun  imkoniyatlar mamlakatiga aylanadi

Mamlakatimizda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun juda katta imkoniyat va salohiyat mavjud. Yer osti va yer usti boyliklariga ega mamlakatimizda sarmoya kiritish istagida bo‘lgan barcha xorijlik investorlar uchun eshigimiz ochiq. Eng quvonarlisi esa O’zbekistonda tinchlik hukmron bo‘lib, bu investorlar uchun eng birinchi navbatdagi imkoniyatdir.

Yaqinda Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi va unda jahonning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Anjumanda davlatimiz rahbari nutq so‘zlar ekan, qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirgan islohotlarimiz natijasida so‘nggi 5 yilda iqtisodiyotimizga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi 10 barobar oshib, qariyb 40 milliard dollarni tashkil etganini, 10 yil davomida yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi ko‘rsatkichdan ikki barobar oshirish maqsad qilinganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Albatta, tan olish kerak, mamlakatimizda sarmoyalar hajmini kelgusi 5 yilda 120 milliard dollarga yetkazish, jumladan, kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etish mo‘ljallanmoqda. Ushbu investitsiyalar eng avvalo, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya va transformatsiya qilish, ishlab chiqarish, kommunal va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirishga yo‘naltirish uchun aniq loyiha va dasturlar ishlab chiqilgan.

Yangi O’zbekistonda investorlar o‘zini erkin his etishi, ertangi kunga katta ishonch bilan qarab barqaror ishlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganidan mamnun ekanini izhor etishdi. Eng muhimi esa O’zbekiston Prezidenti huzurida xorijiy investorlar Kengashi tuzilgani va unda investorlar muammolari ochiq-oydin hal etilishi chet ellik sarmoyadorlarda katta ishonch uyg‘otmoqda.

Hazratqul Xo‘jamqulov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

  • Ko'rildi
    163
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+