Ishchi guruh yig‘ilishi: Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi

18.11.2022, 17:52

Ishchi guruh yig‘ilishi: Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi, Bank-moliya akademiyasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tazildi.

Unda Davlat dasturining Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 mln. AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish masalasi atroflicha muxokama qilindi.

Bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha qator amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Xususan, xalqaro valyuta jamg‘armasining Moliyaviy barqarorlik bo‘yicha doimiy ekspertini jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 2022 yil 10 oylik  natijalari bo‘yicha Moliyaviy barqarorlik sharhini chop etish hamda sharhga tegishli bo‘lgan dolzarb mavzulari bo‘yicha alohida tadqiqotlar olib borish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Markaziy bankning rasmiy saytida “Qarz yuki tahlili va xatarlar” bo‘yicha sharhi hamda “Aholining qarz majburiyatlarini bajarish holati” ma’lumotnomasi e’lon qilingan. Bundan tashqari xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida jalb qilingan ekspert bilan birgalikda makro stress-test o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

Tarmoqdagi bu tizimli islohotlar, albatta, O’zLiDeP Platformasi bilan hamohangligi ta’kidlab o‘tildi. O’zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi hamda uning infratuzilmasi shakllanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar, shuningdek ushbu bozor segmentida faoliyat yurituvchi professional ishtirokchilarni tayyorlash tizimidagi muammolar haqida bahs-munozaralar, chiqishlar bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha respublikamizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish borasida takliflar ishlab chiqildi va istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda kelgusida ushbu yo‘nalishda joylarda jamoatchilik va deputatlik nazorati ta’sir doirasini yanada kengaytirib borishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    409
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+