Bayrog‘imiz – faxri g‘ururimiz
18.11.2022, 18:00

Mamlakatimizning muqaddas ramzlaridan biri - O’zbekiston Respublikasi Bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan mahallalarda, korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida turli xil tadbirlar, ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlarning biri - O`zLiDeP viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi va partiya Yangiobod tuman Kengashi tashabbusi bilan Yangiobod Agro iqtisodiyot kasb-hunar maktabida tashkil etildi.
Partiya faollari, deputatlar, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etgan tadbir davomida, Yarim oy va o‘n ikki yulduz aks etgan muzaffar bayrog‘imizning qabul qilinish jarayoni, unda aks etgan rang va tasvirlarning ma’no-mazmuni to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, Bayrog‘imizni xalqaro maydonlarda baland ko‘tarayotgan yoshlar, bu bilan millatimiz, davlatimiz g‘ururini, sha’nini ulug‘layotganliklari, ular safidan o‘rin olishga intilish barcha yoshlarning burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan Bayrog‘imizga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar ijro etildi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.
Sirojiddin Axmatov,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash
bo‘limi rahbari.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tiborning namunasidir
24.05.2023, 13:05
-
O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi
11.05.2023, 10:43
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
20.04.2023, 14:15
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52
Fikringizni qoldiring