Deputatlik eshituvi: Iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash holati muhokama qilindi
18.11.2022, 18:02

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektir energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 13 noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabbiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Sherzod Qobilovning hisoboti eshitildi.
Mutasaddi o‘z hisobotida, yuqoridagi qarorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalar ekan, tumanda jami 44303 ta iste’molchi mavjud ekanligini, shundan, 1897 tasi ulgurji, 42406 ta maishiy iste’molchilar hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi.
Tumanda jami 0,4-10 kVli 1376 km tarmoq mavjud bo‘lib, 13 ta Nim stansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
“Elektr energiyasi va tabbiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida jami 42193 ta iste’molchiga ASKUE tizimiga mos elektr hisoblagich o‘rnatilgan. Bu esa iste’molchilarga bir muncha qulayliklar yaratdi.
Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosi yuzasidan tuman hududida 0,4-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha joriy yil davomida amalga oshiriladigan ishlarning manzilli dasturi asosida 108.5 km 0.4-10 kVli havo tarmog‘i va 41 dona transformator o‘rnatish belgilangan.
Hisobot davrida, Olmachi, Ravot, Fayzobod, Tuyoqli, Xavastlik, Nonisangil, So‘g‘diyona, Yanigidiyor MFYlarda havo tarmog‘i qurilishi va yangi transformatorlar o‘rnatilishi natijasida iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash yaxshilandi.
Yig‘ilish davomida mutasaddining hisobotini qoniqarli, deb topgan deputatlar, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirib o‘tdilar.
G’anisher Avalboyev,
O`zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitdi
01.02.2023, 18:55
-
Jomboylik deputat saylovchilarga hisobot berdi
31.01.2023, 16:50
-
Deputat ko‘magi bilan 5 nafar nogironligi bor fuqarolarga qo‘lda boshqariladigan elektron nogironlik aravachasi olib berildi
31.01.2023, 16:01
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
Fikringizni qoldiring