Bayrog‘imiz milliy iftixorimiz, g‘ururimizdir

18.11.2022, 18:06

Bayrog‘imiz milliy iftixorimiz, g‘ururimizdir

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi Jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘limi tomonidan O’zbekiston  Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrog‘imiz - bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir” mavzuida tadbir tashkil etildi. Anjumanda partiya faollari, deputatlar bayrog‘imiz -mamlakatimiz suvereniteti, milliy davlatchiligimiz, mustaqil va mustahkam davlat barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsad hamda milliy g‘oyalarimiz, asosiysi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligimiz, orzu-umid ila yorug‘ kelajakka intilishlarimiz, or-nomusimiz, g‘ururimiz ramzi ekanligi haqida faxr-iftixor bilan so‘zladilar.

-Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan, - dedi O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri Asilabonu Sultonova. -  Darhaqiqat,  ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib nihoyatda ardoqlashgan, ko‘z qorachig‘idek saqlashgan. Mamnuniyat bilan ta’kidlamoq joizki,  bugungi kunda BMT binosida unga a’zo bo‘lgan 193 mustaqil davlat qatori O’zbekistonimizning  ham bayrog‘i hilpirab turibdi. Bayrog‘imizni qabul qilishda, unda muayyan ranglarni belgilashda tarixiy an’analarimizga alohida urg‘u berilgan. Undagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos ma’noga ega.

Bayram tadbiri so‘ngida xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo‘lgan bayroq, gerb, madhiyamizni ulug‘lash hamda ardoqlash, hurmat qilish asnosida ko‘z qorachidek asrash borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    293
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+