Mahallaning 43 nafar xotin-qizlari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

18.11.2022, 18:12

Mahallaning 43 nafar xotin-qizlari bepul tibbiy ko‘rikdan  o‘tkazildi

2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O’zLiDeP Taxiyatosh tuman Kengashi tomonidan “Sog‘lom oila -mustahkam oila” loyihasi doirasida “Sog‘lom ayol – jamiyat kelajagi” mavzusida 50-sonli ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikada xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Maqsad esa xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va shu orqali ularni oldini  olishga qaratilgan.

Bugungi kunda “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida 11 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan bo‘lsa, shundan ayollar soni 5 ming 560 nafar, yoshlar esa 1 ming 118 nafarni tashkil etadi. 

Firtil  yoshidagi ayollar soni esa 2 mingdan ziyod. Mazkur tibbiyot  birlashmasida aholi salomatligini  mustahkamlash yo‘lida 8 ta shifokor faoliyat olib bormoqda.

Grafik asosida chekka hududlarga har oyda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida sayyor tibbiy ko‘riklar tashkil qilinmoqda. Tibbiyot birlashmasi zarur bo‘lgan dori-darmonlar bilan ta’minlangan.

Chekka hududda tashkil qilingan bepul tibbiy ko‘rikda 43 nafar  firtil yoshidagi xotin-qizlarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.   

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    262
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+