Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda deputatlar tashabbuskorligi tahlil qilindi

18.11.2022, 18:13

Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda deputatlar tashabbuskorligi tahlil qilindi

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashi tashabbusi bilan “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da belgilangan vazifalarning tumandagi  ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari, hamkor tashkilot va elektorat vakillari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot davomida Davlat dasturi asosida tumanda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga munosib turmush sharoiti yaratib berish borasidagi sa’y-harakatlar haqida so‘z yuritilib, belgilangan maqsad va vazifalarning amalga oshishida jamoatchilik va deputatlik nazrati naqadar muhim ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Bu borada xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlarida faoliyat olib borayotgan Mirzacho‘llik deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, ayniqsa, Ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish to‘g‘risida fikr-mulohazalar aytib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida muhokama qilingan mavzu yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirilib, chora-tadbirlar beliglab olindi.

Zayniddin Eshqulov,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    301
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+