Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

18.11.2022, 18:14

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

2022 yil 28 oktyabr kuni “O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qabul qilingan hujjatdagi normalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashida, hayotda samarali tatbiq etilishida mehnat bozori ishtirokchilari, ishchi-xodimlar, ish beruvchilar, ish izlovchilar hamda vakolatli tashkilot va idoralar mas’ullariga hujjatdagi moddalarning mazmun-mohiyatini sodda, aniq va to‘g‘ri tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari mahalliy kengash deputatlari Olimxon Babaxanov, G’iyosiddin Babaxanov va Qobiljon Dadabayevlar tashabbuslari bilan saylov okruglarida joylashgan 84-umumta’lim maktabi, 9, 14 va 15-Oilaviy polikliniklarda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil qilindi.

Tadbirda Mehnat kodeks loyihasini ishlab chiqish chog‘ida 10 dan ortiq xalqaro tashkilot, jumladan, Xalqaro mehnat tashkilotining qator konvensiyalari, 60 dan ziyod davlat tajribasi o‘rganilgani, Kodeks loyihasi Qonunchilik palatasida 1 yil davomida juda chuqur tahlil etilib, maromiga yetkazilgani qayd etildi.

Shuningdek, kodeksdagi mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qoidalar, ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shartligi, xodimlar, pensiya yoshiga yetganlar hamda tadbirkorlar uchun imtiyozlar va imkoniyatlar borasida to‘xtalib, aholi bandligini oshirishga doir boshqa ko‘plab yangi normalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

  • Ko'rildi
    400
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+