Salomatlik posbonlari partiyamiz safiga qo‘shildi

18.11.2022, 18:17

Salomatlik posbonlari partiyamiz safiga qo‘shildi

Bugun partiyamiz saflarida o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek g‘oyat mas’uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlagan fidoyi shifokorlar, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari ham kun sayin ortib bormoqda.

Angren shahridagi so‘lim manzillardan birida el salomatligini saqlash maqsadida faoliyat olib borayotgan “Yangiobod” sanatoriyasidagi shifokorlar ham O'zLiDeP safiga kirish istagini bildirishdi.

 O'zLiDeP Angren shahar Kengashi mas’ullari sihatgohda “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etib, bu yerdagi salomatlik posbonlarini qutlashdi.

Dunyodagi eng ulug‘ kasb egalari, o‘z muqaddas qasamyodiga sodiq, o‘z ishiga fidoyi insonlar bo‘lgan tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnatlarini e’tirof etishdi.

Ayniqsa, murakkab pandemiya sharoitida chinakam salomatlik posbonlari bo‘lib maydonga chiqqanlarini tahsinga sazovor ekanini ta’kidlashdi.

Sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatishni odamlar turmushi sifatini belgilovchi eng muhim omil sifatida ko‘ruvchi O'zLiDeP saflarida birlashish istagini bildirgan oq xalat egalarini partiyaga qabul qilinayotganlari munosabati bilan muborakbod etishdi.

Sihatgohda tashkil etilayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotida jipslashgan partiya tarafdorlari mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini dunyodagi yetakchi pozitsiyalarga chiqarish, uning innovatsion va inson kapitalini oshirish, ko‘rsatilayotga tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, kasallanish ko‘rsatkichlarini pasaytirish va aholi umri davomiyligini oshirish yo‘lida kamarbasta bo‘lishlariga ishonch bildirishdi.

Tantanali ruhda o‘tgan tadbir so‘nggida yangi partiya boshlang‘ich tashkiloti va uning a’zolariga partiyaning guvohnomalari topshirildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    794
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+