Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi tibbiyot xodimlariga tushuntirildi

21.11.2022, 16:21

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi tibbiyot xodimlariga tushuntirildi

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va targ‘ib qilish maqsadida O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti tashabbusi bilan tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Navoiy filiali majlislar zalida hamkor tashkilot vakillari hamda bir guruh faollar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyati Adliya boshqarmasi vakili J.Hamroyev, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi xodimi N.Jo‘rayevlar yangi Mehnat kodeksini mazmun-mohiyati to‘g‘risda o‘z fikir-mulohazalarini bayon etdi.

Xususan, Yangi Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Yakka tartibdagi mehnat munosabatlari – bu mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini ish beruvchi tomonidan ta’minlashda xodimning mehnat vazifasini ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda haq evaziga shaxsan bajarishi haqidagi, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga asoslangan munosabatlar kelgusida yosh mutaxasis kadrlarining jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga munosib hissa qo‘shadi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillari tegishli javoblar berishdi.

O'zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    470
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+