Shifokorlar partiyaga a’zo bo‘ldi

21.11.2022, 16:25

Shifokorlar partiyaga a’zo bo‘ldi

O`zLiDeP Samarqand shahar Kengashi tomonidan Samarqand shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada O‘zLiDeP dasturiy maqsad va vazifalari targ‘iboti hamda 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi farmonda belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda partiya faollari, mazkur soha vakillari Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Bugungi kunda mazkur poliklinikada 100 dan ortiq shifokor va hamshiralar Samarqand shahridagi 9 ta MFY fuqarolariga, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelishayotganligi e’tirof etildi.

Tadbir yakunida mazkur tashkilotda siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan xodimlar partiya safiga qabul qilinib, partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi.

Fazliddin G’aybullayev,

 O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining

birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

  • Ko'rildi
    401
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+