Deputatlik eshituvi: Hunarmandchilikni rivojlantirish borasida qilingan ishlar tahlil qilindi

21.11.2022, 17:16

Deputatlik eshituvi: Hunarmandchilikni rivojlantirish borasida qilingan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashlaridagi O'zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Hunarmandlar uyushmasi  rahbarining axboroti tinglandi.

Mutasaddi rahbar F.Yaqubovaning hisobotda ta’kidlashicha, davlatimiz rahbarining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va hunarmandlarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratish bo‘yicha “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilini rivojlantirish uchun hunarmandchilikning qishloq sharoitiga mos bo‘lgan bandligini ta’minlash maqsadida ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlarning turlari va yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun   imtiyozli kreditlar ajratildi. Tumanda 1 nafar yosh hunarmandlarga sanoat zonalaridan faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun yer maydonlari ajratildi.

Shuningdek, yil boshidan hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini rivojlantirish maqsadida 6 nafar hunarmandlarga a’zolik badallari 50 foiz hunarmandchilik jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi. 6 nafar hunarmand subsidiya asosida hunarmand uyushmasiga  azolikka qabul qilindi. Natijada 389 dan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Bundan tashqari tumanda ustalarga shogird biriktirish natijasida  624 ta ish  o‘rinlari yaratildi va shundan 451 nafari ayollar, 335 nafar  yoshlarni tashkil qiladi. 5 nafardan ziyod hunarmandlar imtiyozli kreditlar olib o‘z ish o‘rinlarini yaratdi.15 nafar hunarmand ustalarga usta-shogird  maktablari tashkil qilinib ularni hujjatlarini subsidiya uchun “Onlayn  Mahalla” platformasiga kiritildi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining qarori qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    155
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+