O'zLiDeP rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi
21.11.2022, 19:20

Foto: president.az
Joriy yilning 21 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitovni qabul qildi.
Aktam Xaitov o‘z nomidan va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Prezident Ilhom Aliyevni “Yangi Ozarbayjon” partiyasining 30 yilligi bilan tabrikladi. Prezident Ilhom Aliyevga O’zbekiston Prezidentining ezgu tilaklarini yetkazdi. Aktam Xaitov Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon bilan o‘zaro aloqalarni yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Prezident Ilhom Aliyev tabrik uchun minnatdorlik bildirib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi.
Prezident Ilhom Aliyev joriy yilda O’zbekistonga uch marta tashrif buyurganini qayd etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlarini mamnuniyat bilan esladi.
Muloqot chog‘ida “Yangi Ozarbayjon” partiyasi va O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik va o‘zaro tashriflar muhimligi ta’kidlandi.
O'xshash yangiliklar
-
Paxta yetishtiruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi
01.02.2023, 17:06
-
O'zLiDeP o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi
25.01.2023, 18:40
-
Fermerlar va klasterlar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlar takomillashadi
24.01.2023, 17:54
-
To‘qson yoshli G’aybulla otaning issiqxonachilik tajribasi o‘rganildi
20.01.2023, 18:25
-
Nishonda “Issiqxona mahorat maktabi” tashkil etiladi
20.01.2023, 16:00
Fikringizni qoldiring