Tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil qilindi

23.11.2022, 11:38

Tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil qilindi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida “Tadbirkor ayol” O’zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat hududiy bo‘limi qoshidagi BPTda tajribali va ko‘p tarmoqli tadbirkor xotin-qizlar hamda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Unda “Ayollar qanoti” faollaridan “Dilorom Fayz” MChJ rahbari Dilorom Fayziyeva, “Sevinch teks servis” MChJ rahbari Laylo Ravshanova, «Zamin madad tayorlov savdo» MChJ rahbari Mamlakat Sodiqova va boshqalar o‘z bilim tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga sohaning sir-asrorlari va huquqiy asoslari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar.

Tadbirda ishtirok etgan BDU iqtisodiyot fakulteti talaba – yoshlari hamda Buxoro shahridagi 29-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf qizlari o‘quv mashg‘ulotlaridan katta taassurot olganliklarini ta’kidladilar.

  • Ko'rildi
    347
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+