Deputatlar narpaylik tadbirkorlarning murojaatlarini tingladi
23.11.2022, 11:40

O’zLiDeP Samarqand viloyat hamda Narpay tuman Kengashi tuman hokimligi bilan hamkorlikda "Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti" forumi tashkil etildi.
Uchrashuvda masalalarni joyida hal etilishi uchun tumandagi tegishli tashkilot rahbarlarining ishtiroki ta’minlandi.
Tadbirda hududdagi tadbirkorlar va o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolarning 10 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. Xususan, “O’zbekkenti” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xusniddin Sharipov o‘z uyidan tekstil kichik korxonasini ochish uchun kredit olishda amaliy yordam so‘radi. Mazkur masala Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashi deputati Begzod Orziqulovga biriktirildi va tadbirkorlikni boshlash uchun tushunchalar berildi.
O’zbekkenti mahallasi fuqarosi Bekzod Abdurasulov mahalla hududidagi eski QVP binosini sartaroshxona va yoshlar guzari tashkil etishda amaliy yordam berishni so‘radi. Mazkur masala deputatlar tomonidan joyiga borib o‘rganilishi va qonun talablariga javob beradigan bo‘lsa amaliy yordam berishga kelishib olindi.
Shuningdek uchrashuvdagi murojaatlarning 5 tasi joyida yechim topilishiga alohida e’tibor qaratildi va nazoratga olindi. Ba’zi muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi.
Po‘lat Ergashev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputati yordamchisi
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitdi
01.02.2023, 18:55
-
Jomboylik deputat saylovchilarga hisobot berdi
31.01.2023, 16:50
-
Deputat ko‘magi bilan 5 nafar nogironligi bor fuqarolarga qo‘lda boshqariladigan elektron nogironlik aravachasi olib berildi
31.01.2023, 16:01
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
Fikringizni qoldiring