Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxona ishchi-xodimlari bilan muloqot qilindi

23.11.2022, 11:42

Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxona ishchi-xodimlari bilan muloqot qilindi

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi "AFROSIYOB PARRANDA" MChJ da davlatimiz rahbarining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutqi targ‘ibotiga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O`zLiDeP viloyat Kengashi mas’ul xodimi Jahongir Xo‘jamqulov ishtirok etib, yig‘ilganlarga mazkur sohada O’zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, milliy iqtisodiyotimizning ochiqligini ta’minlash va uning xalqaro bozorlarga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar yaratish ushbu yangilanishlarning ustuvor yo‘nalishlari hamda sohada ikki yuzdan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinganligi, tadbirkorlikning soliq yuki qisqartirilib, xorijiy investitsiyalar uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratilayotganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.

Ta’kidlash joizki, "AFROSIYOB PARRANDA" MChJ bugungi kunda Samarqand viloyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan korxonalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur korxonadagi ishchilar soni 229 nafarni tashkil etadi. Mazkur MChJ omuxta yem, parranda tuxumi, parranda go‘shti ishlab chiqarishga moslashgan bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 2022 yil 10 oy davomida omuxta yem ishlab chiqarish 94 608 tonnani tashkil etib, shundan eksport hajmi 25 734,8 tn tashkil etmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida o‘tgan davr mobaynida partiya dasturiy maqsad va vazifalari hamda partiya mavqeini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shganligi uchun mazkur tashkilot rahbariga partiya viloyat Kengashining tashakkurnomasi va estalik sovg‘asi topshirildi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    156
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+