Partiya vakillari xorazmlik talaba yoshlar bilan ochiq muloqot qildi
23.11.2022, 15:15

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi va Urganch davlat Universiteti bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi I.Fayzullayev, Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sh.Atajanov, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar, partiya faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan partiya vakillari “Yangi avlod kadrlari” loyihasining maqsadi xususida to‘xtalib, partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish ekanligini bildirishdi. Partiya safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish bugungi kuning muhim masalasi ekani e’tirof etildi.
Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 6 nafar yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi. Tadbir so‘ngida universitetning faol talaba yoshlariga partiyaning a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlar parlamentiga iste’dodli yoshlar saralanmoqda
02.02.2023, 15:19
-
Yoshlar parlamenti: bo‘lajak saylovlarga eng munosib nomzodlar saralanmoqda
02.02.2023, 12:01
-
Yoshlar parlamenti saylovi eng chekka hududdagi yoshlarni ham qamrab olmoqda
01.02.2023, 18:57
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
“Yoshlar parlamenti” faol yoshlarning haqiqiy minbariga aylanadi
31.01.2023, 17:01
Fikringizni qoldiring