Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi

23.11.2022, 15:24

Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar  o‘rganildi

O'zLiDeP Yangibozor tuman kengashi vakillari, mahalliy kengash deputatlik guruhi a’zolari va tuman chorvachilik bo‘limi mutaxassislari ishtirokida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqiyot strategiyasidagi 32-maqsadda belgilangan “Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish sohasi hajmini 1,5-2 barovar ko‘paytirish” masalasi yuzasidan Yangibozor tumani miqyosida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Yangibozor  tumanida chorvachilikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, chorva mollari bosh sonini kupaytirish va mahsuldorligini oshirish, chorvachilik sohasida yangi istiqbolli loyihalarni ko‘paytirish va moliyalashtirish, tez yetiluvchan yangi zotlarning ko‘paytirish orqali mahalliy bozorlarni ta’minlab borish, aholi xonadonlarida boqilayotgan chorva mollarigacha sun’iy urug‘lantirishni kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa bunda chorvachillikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining xizmati ahamiyatga sazavor.

Partiya vakillari o‘rganish olib borgan tumandagi “OS” fermer ho‘jaligi ham tumandagi namunali chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklaridan biri.  Bugungi kunda bu yerda 110 bosh naslli qoramollar yetishtirilmoqda. Bir yilda 450 tonna sut va 2 tonna go‘sht topshirib, aholining sut va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bilan birga sutni qayta ishlash korxonalariga yetkazib bermoqda. Yillik aylanma mablag‘i 700 million so‘mni tashkil etadi.

Yildan yilga naslli mollarni mahalliy sharoitda ko‘paytirish bilan birga ularni ozuqa, yem xashak bilan ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega. Chorva mollarining ozuqasini ta’minlash maqsadida 50 gektar yerga chorva mollari uchun makkajo‘xori, beda kabi ekinlar ekib oladi. Qish mavsumi uchun fermer xo‘jaligida 350 tonna silos ozuqasi va samon g‘amlangan.

Partiya vakillari fermer xo‘jaligi vakillari bilan muloqotlar davomida chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish bu borada fermer xo‘jaligi tajribasini ommalashtirish, tumandagi boshqa mazkur yo‘nalishdagi fermerlar bilan maxsus o‘quvlar tashkil qilish, o‘zaro fikr almashish bo‘yicha bir qator tadbirlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.  

Abror Adamov,

O'zLiDeP Yangibozor tuman  kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    582
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+