Deputatlik eshituvi: Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlash masalasi muhokama qilindi

23.11.2022, 15:28

Deputatlik eshituvi: Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Shofirkon tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ichki bozorni oziq- ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va narxlar barqarorligini taminlash bo‘yicha hududda olib borilayotgan ishlar yuazsidan tuman hokimining o‘rinbosari N.Raxmonovning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, tumanda istiqomat qilayotgan 181,3 ming nafar aholining yillik iste’moli uchun tibbiy me’yor bo‘yicha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ya’ni 5,1 ming tonna go‘sht, 2,7 ming tonna parranda go‘shti, 2,4 ming tonna baliq, 21,8 ming tonna un, 43,9 mln.dona tuxum, 2,4 ming tonna o‘simlik yog‘i, 6,2 ming tonna sabzi, 12,9 ming tonna kartoshka, 1,7 ming tonna guruch, 2,0 ming tonna shakar, 6,2 ming tonna piyoz bilan ta’minlash lozim bo‘ladi. Ushbu mahsulotlar narx-navoning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olingan.

Tumanda 2022-2023 yil qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq-xo‘jalik mahsulotlarini zahiraga jamg‘arish bo‘yicha bir qator korxona va tashkilotlar jalb qilingan. Umumiy hisobda 1 ming 321 tonna zahira miqdori bo‘lib, shundan, 636,8 tonna kartoshka, 219,3 tonna piyoz, 226,4 tonna sabzi, 238,8 tonna guruch mahsulotini tashkil etadi. Bugungi kunga kelib 981,2 tonna yoki belgilangan rejaga nisbatan 74 foizga zahira jamg‘arishga erishilgan. Zahira mahsulotlarinining qolgan qismini tumanga yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masala yuzasidan so‘zga chiqqanlar ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish hamda ular narx-navoning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida mahalliy Kengash deputatlari tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bu borada mahalliy Kengash deputatlari nazoratini kuchaytirish lozimligini ta’kidladilar.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    289
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+