Deputatlar mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
23.11.2022, 15:31

Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrda “2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, Taxiyatosh tumani hududida ham ko‘plab ichki yo‘llarni ta’mirlash, gaz, elektr ta’minotini, infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash rejalashtirilgan.
Shuningdek, joylarda ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholining ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotiga bo‘lgan talabini qondirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’ektlaridan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan.
O'zLiDePdan xalq deputatlari Taxiyatosh tuman Kengashiga saylangan deputatlar B.Shapiyev va R.Xidirbayevlar tumandagi chekka hudud "Qushchilik" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mazkur qarorga asosan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirmoqdalar.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitdi
01.02.2023, 18:55
-
Jomboylik deputat saylovchilarga hisobot berdi
31.01.2023, 16:50
-
Deputat ko‘magi bilan 5 nafar nogironligi bor fuqarolarga qo‘lda boshqariladigan elektron nogironlik aravachasi olib berildi
31.01.2023, 16:01
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
Fikringizni qoldiring