Deputat saylovchilar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi

24.11.2022, 16:51

Deputat saylovchilar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi

Bugun respublikamizning qaysi bir hududiga borsangiz ham, obod mahallaga aylanib, yangilanish va o‘zgarishlar yuz berib, aholining yashash sharoiti yaxshilanayotganidan ko‘nglingiz ko‘tariladi. 

Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash, ularni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, "inson qadri uchun" tamoyili asosida har bir insonning hayotdan rozi bo‘lib yashash yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga  oshirilmoqda. 

Bu borada mahallalarda ham hududlarning infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar, ko‘chalarni ta’mirlash yo‘nalishida keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova o‘zi saylangan "59-Xoqon" saylov okrug hududidagi "Zangibobo", "Chem" MFYlardagi Porloq va Guzar ko‘chalarida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Haqiqatdan ham hududdagi ko‘cha yo‘llarining bir necha yillardan buyon yaroqsiz holga kelib qolganligi va elektr sim yog‘ochlarning o‘rniga temir beton tayanchlarining o‘rnatilishi zarurligi, shuningdek ushbu mahallalarni obod maskanga aylantirish uchun mutassadilar bilan hamkorlikda qilinishi shart bo‘lgan vazifalar belgilandi va xalq vakili tomonidan nazoratga olindi.

Buning barchasi esa eng avvalo inson qadri uchun ekanligini anglash qiyin emas.

  • Ko'rildi
    127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+