Hududlarda amalga oshirilayotgan davlat dasturi ijrosi tahlil qilindi

24.11.2022, 16:53

Hududlarda amalga oshirilayotgan davlat dasturi ijrosi tahlil qilindi

Keyingi yillarda yurtimizda milliy ma’naviyatni  yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator Prezident Farmon va qarorlari qabul qilinib, yangi O’zbekistonning yangi tarixini yaratish yo‘lidagi islohotlar bardavomligi ta’minlanmoqda. Islohotlar samarasi endilikda Qorako‘l tumanida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bunda O‘zLiDeP a’zolari bo‘lgan viloyatdagi 12523 nafar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarining ham o‘z o‘rni bor.

Bugungi kunda yoshlarni ma’naviyatli qilib tarbiyalash, ularni kitob mutolaasiga jalb qilish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini manzilli qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish eng asosiy masala hisoblanadi. Darhaqiqat, barkamol avlodni voyaga yetkazishda kitobning tarbiyaviy ahamiyati beqiyos. Aynan mutolaa insonga bilim va axborot berish bilan birga uning dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy olamini boyitishda muhim o‘rin tutadi.

Tuman MFYlarida bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida ish olib borilmoqda. Mahallalarga ma’naviyat-ma’rifat jonkuyarlari, pedagog va ziyolilar biriktirilgayen bo‘lib, bu o‘z navbatida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini bermoqda.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbarining “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobidan o‘rin olgan eng muhim yo‘nalishlar va ularda ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor vazifalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Ishchi guruh yig‘ilishida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tadbir doirasida partiyaning tumandagi mahalliy Kengash deputatlari va bir guruh faollarga O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda viloyat Kengashining tashakkurnomalari topshirildi. 

Shu kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududda turli xil manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 

A.Istamov,

XXI-asr

  • Ko'rildi
    64
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+