Yangilanayotgan O’zbekistonda yangi avlod kadrlari

24.11.2022, 16:55

Yangilanayotgan O’zbekistonda yangi avlod kadrlari

Ma’lumki, O'zLiDeP ning "Yangi avlod kadrlari" loyihasida uni amalga oshirish bo‘yicha alohida vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ana shunday vazifalardan biri mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy xamkorligini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Shuni hisobga olib, O`zLiDeP Buxoro viloyat va Buxoro shahar Kengashlari hamkorligida Buxoro muxandislik-texnologiya institutida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida  “Yoshlarga e’tibor - kelajakka e’tibor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, viloyat va shahar Kengashlari mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari,  partiyaning Faxriylar Kengashi a’zolari, partiya faollari, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar ongida mustahkam vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish, siyosiy faolligini oshirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

- O’zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar kutilgan natijani berishi uchun yuqori salohiyatga ega mutaxassis kadrlarga  ehtiyoj bor, – deydi, - O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov. – Partiyaning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi shu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bugun esa mamlakatimizda  yoshlarning bor salohiyatini yuzaga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Shuningdek, uchrashuv davomida so‘zga chiqqan xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi deputati, partiyaning Faxriylar Kengashi a’zosi Raxima Atoyeva yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustivor yo‘nalishlaridan biri ekanligi, har bir sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar ana shu g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlashning yorqin ifodasi ekanligini alohida qayd etib o‘tdi. Talaba-yoshlarni Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yonib yashashga va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorlab qoldi. Joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham o‘z fikr mulohazalarini bayon etib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan javoblar berildi. Siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 30 nafar yoshlar partiya kadrlar zahirasiga olindi va a’zolikka qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    878
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+