Mahalla ahlining murojaatlari deputat nazoratiga olindi
24.11.2022, 17:00

Yurtimizda noyob noyob boshqaruv tizimi mahallaga juda katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki, mahalla obodligi – yurt obodligi demakdir. Bugun mahalla obodligi denganda, nafaqat bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, balki odamlarga yaratilayotgan munosib turmush tarzi ham tushunilmoqda. Aholi bandligini ta’minlash, shu asnoda doimiy daromad manbalarini shakllantirish, ko‘pchilikni tashvishga solayotgan kundalik muammolarni barataraf etish, tomorqachilikni, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida maslakdosh deputatlarimiz va partiya faollari muntazam ravishda “mahallabay” ish olib borishmoqda.
Paxtakor tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muhabbat O’rolova va partiya faollari va hamkor tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh tumandagi “Oq buloq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan muloqotda bo‘ldilar. Mazkur hududda ayni paytda 734 ta xonadonda 3385 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla ahlidan 71 nafari –“Ayollar daftari”ga , 6 nafari - “Yoshlar daftari”ga , 1 nafari – “Temir daftar”ga kiritilgan.
Tashrif davomida xonadonlarda, shuningdek, ta’lim maskanlaridagi kuzgi-qishki ishlarga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarining sifati, bu boradagi muammolar atroflicha o‘rganildi. Mavjud muammolar shu yerning o‘zida bartaraf etildi.
Shuningdek, muloqotlar jarayonida aniqlangan muammolar va aholi tomonidan qilingan murojaatlar deputat nazoratiga olindi.
Zayniddin Eshqulov,
O`zLiDeP Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari
bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP deputatlari sessiyaga daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish masalasini kiritdi
25.09.2023, 16:21
-
Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi
21.09.2023, 17:25
-
Partiyaning hududiy kengashlari va deputatlar faoliyatiga tanqidiy baho berilmoqda
07.09.2023, 16:19
-
Deputatlik eshituvi: Qashqadaryoda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi
30.08.2023, 16:13
-
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining sessiyasida dolzarb masalalar muhokama etildi
24.08.2023, 15:19
Fikringizni qoldiring