Partiya faoli bo‘lgan tadbirkorlar rag‘batlantirildi

24.11.2022, 17:11

Partiya faoli bo‘lgan tadbirkorlar rag‘batlantirildi

O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda faol yoshlar ishtirokida "TESCO PLUS" MChJ qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining joylardagi ijrosiga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi..

Tadbirda partiya faollari tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish borasida fikrlar yuritishdi.

Bugungi kunda "TESCO PLUS" MChJda salqin ichimliklar, maishiy texnika, isitish uskunalari, sut mahsulotlarini qadoqlashga moslashgan  15 turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mazkur korxonada 150 nafardan ziyod yoshlar va xotin-qizlar ish bilan band.

Tadbir yakunida partiya dasturiy maqsad va vazifalari hamda partiya mavqeini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shganligi va faolligi uchun mazkur MChJ qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti estalik sovg‘a bilan taqdirlandi.

Fazliddin G’aybullayev,

 O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining

birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

  • Ko'rildi
    168
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+