Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnoligiyalar institutining 20 nafar talabasi O‘zLiDePning faol a’zosiga aylandi
25.11.2022, 15:02

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan ”Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlar siyosatida istiqbolli kadrlar” mavzusidagi tadbirning navbatdagisi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida tashkil qilindi.
Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari, institut o‘qituvchilari, bo‘lim mudirlari, talaba-yoshlari, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, deputatlar hamda BPT raislari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar partiya tomonidan yoshlarni huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga keng jalb etish va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida hayotga tatbiq etilayotgan amaliy ishlari yaxshi samara berayotganini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng, partiya Andijon viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sh.Turg‘unov “Yangi avlod kadrlari” loyihasining maqsad va vazifalari haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi.
Qayd etilganidek, mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, viloyat, tuman, shahar partiya tashkilotlariga siyosiy jihatdan yetuk, yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlarni aniqlash va ularni partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etishdan iborat.
-Mazkur tadbirni aynan yoshlar orasida o‘tkazilayotganida juda katta ma’no bor. Zero, yoshlik – kuch g‘ayrat timsoli. Bu yoshda inson yangi-yangi g‘oyalar qurshovida bo‘ladi, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Sh.Bozorov .– Kelajagimiz yoshlar qo‘lida ekan, ana shunday faol yoshlar hisobiga safimizni kengaytirish kelajakda yaxshi natija berishiga ishonaman.
Tadbir yakunida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnoligiyalar institutining 20 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda
22.09.2023, 15:26
-
Samarqandlik talabalarga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
22.09.2023, 15:16
-
O’zLiDePdan 100 loyiha: Yosh olimlar Ligasi
22.09.2023, 15:03
-
Talaba-yoshlar bilan o‘zaro hamkorlik
21.09.2023, 17:23
-
Yangi O’zbekiston yoshlari Uchinchi Renessans poydevorlari
21.09.2023, 17:17
Fikringizni qoldiring