Yoshlar - Yangi O’zbekiston bunyodkorlaridir

25.11.2022, 16:42

Yoshlar - Yangi O’zbekiston bunyodkorlaridir

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Jizzax Davlat pedagogika universiteti akademik litseyida Taraqqiyot strategiyasining 71-maqsadida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi xodimlari, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari hamda litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida, ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish borasida belgilangan vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yig‘ilganlarga «Yangi O’zbekiston — ma’rifatli jamiyat» konsepsiyasini amalga oshirish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish uchun ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash ko‘nikmasini shakllantirishning dolzarbligi va  ahamiyati  to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 “Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O’zbekiston – Uchinchi Renesans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashning dolzarbligiga alohida urg‘u qaratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Sirojiddin Axmatov,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi  

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    354
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+