Fuqarolarning 30 dan ortiq murojaatlari deputatlar nazoratiga olindi

25.11.2022, 16:44

Fuqarolarning 30 dan ortiq murojaatlari deputatlar nazoratiga olindi

O’zLiDeP Samarqand viloyat va Ishtixon tuman Kengashi, Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi va  tumandagi tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuvda tadbirkorlar va o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolarning 30 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi.

Xususan, “Xalqabod” MFY da yashovchi fuqaro Yaxshiboy Turayev  oilaviy tadbirkorlik qilish bo‘yicha imtiyozli kredit olish masalasida murojaat qildi. Ushbu masala “Agrobank” Ishtixon tumani filiali tomonidan kredit ajratiladigan bo‘ldi.

 “Azamat” MFY yashovchi fuqaro Eshmat Shodiyev transformator eski ekanligi hozirda aholiga elektr energiyasi yo‘qligi bo‘yicha murojaat qildi. Mazkur masala tuman elektr korxonasi rahbari Umar Jo‘rayev tomonidan joriy yilning dekabr oyi oxirida yangi transformator qo‘yib beriladigan bo‘ldi.

“Chinortepa” MFY yashovchi fuqaro Ismoilov Abdumalik o‘g‘lining sog‘ligini tiklash yuzasidan murojaat kildi. Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan bemorni shifoxonaga davolanishi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

“Bog‘bon” MFY qurilish qishlog‘ida yashovchi fuqaro Zuxra  Sagdullayeva dori-darmon olish masalasida, sog‘ligini tiklash yuzasidan murojaat qildi. Ushbu masala tuman tibbiyot birlashmasiga yo‘naltirildi va ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Mazkur murojaatlarning aksariyat qismiga joyida yechim topilishiga alohida e’tibor qaratildi va nazoratga olindi. Ba’zi muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi.

Nodir To‘rayev,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    158
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+