“Yashil makon” umummilliy loyihasida deputatlar faollik ko‘rsatmoqda

25.11.2022, 16:49

“Yashil makon” umummilliy loyihasida deputatlar faollik ko‘rsatmoqda

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Qarshi shahar kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ham faol ishtirok etmoqdalar. Deputatlar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari darajasini kengaytirish, Qarshini “yashil shahar”lardan biriga aylantirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarda faol ishtirok etishayotir. 

- Bir paytlar shahrimiz husniga-husn qo‘shib, chor atrof musaffoligini ta’minlab turgan ming yillik chinorlar bor edi, -  deydi Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashidagi agrar, suv xo‘jaligi va ekalogiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Arziqul Sherov. - Shaharni qayta rekonstruksiyalash va qurish ishlari amalga oshirilayotgan chog‘da barchasi kesib tashlandi. Ular o‘rnini to‘ldirish uchun  joriy yil  20 oktyabrdan 1 dekabrga qadar o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” davomida uch yuz qirq ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishni rejalashtirganmiz. Hozirga qadar 300 ming tup nihollar zamin bag‘riga qadaldi. Bu xayrli ishda shahrimizdagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari hamda shahar aholisi faol ishtirok etishayapti. Bo‘lib o‘tgan hashar davomida Xonobod ko‘chasiga ikki ming tupdan ortiq chinor daraxtlari ekildi. 

Deputatlar shahar mahallari, korxona va tashkilotlarda bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasining dolzarbligi haqida targ‘ibot ishlarini olib borishayapti. Daraxt ko‘chatlari shahar iqlimi va yer maydonining xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinayotganligi yaxshi samara berayotir. Endilikda faqatgina ko‘chat ekish emas, balki yerga qadalgan daraxtlarni sug‘orish, oziqlantirish, parvarishlashga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlanayapti. Kam ta’minlangan oilalarning xonadonlariga bepul ko‘chatlar yetkazib berilayotir. 

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+