Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori

25.11.2022, 16:50

Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Namangan Muhandislik qurilish instituti Qurilish bino inshoati fakulteti talabalari ishtirokida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida navbatdagi tashkil qilindi. Uni partiya viloyat Kengashi tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Eldorbek Jo‘rayev kirish so‘zi bilan ochdi. U partiya Dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

Tadbirda so‘z olgan partiya vakillari va deputatlar Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda yoshlarning o‘rni va roli alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi. Bundan tashqari “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashlari faoliyati hamda partiyaning yoshlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘ndan ortiq loyihalari xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng universitet talabalari "Yangi avlod kadrlari"loyihasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar. Suhbat yakunida 3 nafar talaba yoshlar “Yangi avlod kadrlari” loyihasiga zaxira kadrlar sifatida qabul qilindi, 21 nafar talabalar partiya a’zolari safiga qo‘shilish istagini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    253
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+