Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz
25.11.2022, 16:52

O’zbek ayoli doimo mehr–muhabbat timsoli bo‘lib kelgan. Milliy qadriyatlarimizda xotin-qizlarga nisbatan hurmat, ularni e’zozlash yuksak ahamiyat kasb etadi. Bu qadriyatlar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, balki har qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi, viloyat “Oqila ayollar” harakati viloyat bo‘limi hamda Samarqand davlat Meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda mazkur universitetda 25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” mavzusida partiya faollari, talaba qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat “Oqila ayollar” harakatining rahabri Jamila Sayfiddinova, Samarqand shahar Nuroniylar Kengashi a’zosi Gulbahor Xusainova, O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Marhabo Chuliyeva yig‘ilganlarga bugungi kunda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish borasida yurtimizda olib borilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qonun va qonun osti hujjatlari borasida ma’lumot berdi. Shuningdek bugungi kunda bu muammo yuzasidan jamiyatimizda uchrayotgan ayrim holatlar va muammolarga ham to‘xtalib, bunday muammolar yuzaga kelganda qanday yo‘l tutish kerakligi borasida tavsiyalar berib o‘tildi.
Talabalar ham mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Savollarga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javob berildi.
Nasiba Mo‘minova,
O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘idir
02.02.2023, 15:40
-
Xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid ko‘nikmalari oshirildi
27.01.2023, 18:09
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
O’zLiDeP faoli 51 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minladi
25.01.2023, 15:51
-
“Ayollar qanoti” – chinakamiga qanot bo‘lyapti
13.01.2023, 11:40
Fikringizni qoldiring